Obama: “Islom davlati” faoliyatiga nuqta qo‘yiladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishAQSh prezidenti Barak Obama BMT Bosh Assambleyasi 70 sessiyasida
AQSh prezidenti Barak Obama BMT Bosh Assambleyasi 70 sessiyasida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelayotgan haftada Vashingtonda yadro xavfsizligi bo‘yicha sammit o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Jahon hamjamiyati vakillari uchrashuv doirasida terrorchilikka qarshi kurash chora-tadbirlarini muhokama qiladilar”, deb bayonot berdi AQSh prezidenti Barak Obama.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik.  Yadro xavfsizligi bo‘yicha sammit ishtirokchilari “Islom davlati” terrorchilik uyushmasiga qarshi kurash choralari va bu jinoiy birikmani tag-tubi bilan yo‘qotish masalasini muhokama qiladilar, deb bayonot qildi AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining Amerika xalqiga qiladigan haftalik murojaatida, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

"Kelayotgan haftada jahon yetakchilari Vashingtonga yadro xavfsizligi bo‘yicha o‘tkaziladigan sammitga tashrif buyuradilar. Shu imkoniyatdan foydalanib, “ID”ga qarshi kurashda harakatlarimizni birlashtirish masalasini ham muhokama qilamiz. Dunyo hamjamiyati o‘z fuqarolarini himoya qilishda bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladi, deb umid qilaman”, — dedi Obama.

Eslatib o‘tamiz, bundan sal oldin 31mart-1 aprel kunlari Vashingtonda yadro xavfsizligi bo‘yicha sammit o‘tkazilishi xabar qilingan edi. Tashkilotchilar bergan ma’lumotga ko‘ra, unda 50dan ziyod davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0