TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Ola-Buqa tumanidagi nazorat o‘tkazish punkti ochildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston. Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston tomon chegaraning ushbu qismida joylashtirilgan bronetransporterlar va harbiy xizmatchilarni chaqirib olgan.
Ta’kidlarga ko‘ra, ikki mamlakat chegara xizmati rahbariyati o‘rtasida o‘tgan muzokaralardan so‘ng, shunday qaror qabul qilingan.
Endilikda ikki mamlakat chegarani qo‘riqlash bo‘linmalari, o‘rtadagi kelishuvga muvofiq, xizmatni odatdagi tartibda o‘tashlari xabar qilinmoqda.