TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Iroqning Bog‘dod shahri janubida, futbol o‘yini bo‘lib o‘tayotgan stadionda, portlash sodir bo‘ldi, RIA novosti xabariga asosan.
Xabarlarga ko‘ra, xudkush-terrorchi o‘zini portlatib yuborgan. Portlash o‘yin g‘oliblariga sovrin topshirish vaqti, odam to‘planib turgan joyda sodir bo‘lgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra 26 – 30 kishi qurbon bo‘lgan, 70 kishi jarohatlangan.
Ushbu terrorchilik uchun javobgarlikni “Islom davlati” terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan. Internetda ushbu portlash chog‘ida suratga olingan videolavha paydo bo‘ldi.