Suriya armiyasi “Palmira qal’asi” ustidan nazorat o‘rnatdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tish"Cho‘l lochini" harbiy otradi jangchisi
Cho‘l lochini harbiy otradi jangchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Palmirani to‘liq ozod qilishga bir bahya qoldi deydi Suriyalik harbiy zobit.

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Suriya Arab respublikasining qurolli kuchlari va xalq ko‘ngillilari qo‘shnlari Palmiradagi “Faxr-ad-Din al-Maani” qal’asi ("Palmira qal’asi") ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Sputnik Arabic.

Harbiy manbaaning so‘zlariga qaraganda, Palmirani jangarilardan ozod qilish operatsiyasida Suriya armiyasi zarur nuqtani – “Palmra qal’asini” qo‘lga kiritdi.  

“Suriya piyodalari ittifoq kuchlari bilan birgalikda Palmira shahriga kirish joylarini egallab oldi. Kecha Siriyatel tepaligi qo‘lga kiritilgan edi, bugun esa “Palmira qal’asi”, — dedi manbaa.

O‘tkazilgan yirik masshtabli operatsiyadan keyin ittifoqchilar uch tomondan shaharga juda yaqin kelishdi. Uning so‘zlariga qaraganda, endi Palmirani to‘liq ozod qilishga bir bahya qoldi.

 

Yangiliklar lentasi
0