TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasi orqali o‘tgan yashirin yer osti tunneli topildi, bu haqda O‘zbekiston MXXsining Chegarani Qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
MXX Chegarani qo‘riqlash xizmati xabariga ko‘ra, ushbu yer osti yo‘lidan o‘zbek-qirg‘iz chegarasi orqali qurol-yarog‘, portlovchi moddalar, ekstremistik adabiyot va odamlarni yashirin o‘tkazish maqsadida foydalangan bo‘lishi mumkin.
“Kontrabandaning bunday usuli o‘zbek-qirg‘iz chegarasida birnchi marta aniqlandi.Tunnel chuqurligi 6 metr, eni 60-70 sm, balandligi 1-1,2 metrni tashkil qiladi. Tunnelning uzunligi esa 120 metrni tashkil qildi. U O‘zbekiston fuqarosining uyini Qirg‘iziston fuqarosi hovlisi bilan bog‘lagan”,- dedi qo‘mita xodimi.
“Ikkala tomon o‘zaro qiziqarli bo‘lgan barcha masalalarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishdi. Uchrashuv o‘zaro hamfikrlik va samarali muloqot kayfiyatida bo‘lib o‘tdi”, — dedi matbuot xizmati.
Chegara xizmatlari ushbu tunnelni yo‘q qilishga kelishib olishdi.