TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Yaponiyadan O‘zbekistonga birinchi charter parvozlari ushbu yilning aprelida boshlanadi, “Jahon” axborot agentligi xabari asosida.
“O‘zbekiston Havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Tokio-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha Yaponiyalik hamkorlari kelishib oldi. Bu ikki mamlakat orasidagi birinchi charter parvozlaridir.
Ushbu qaror O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida Yaponiya sayohlik kompaniyalari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda qabul qilindi. Charter parvozlari O‘zbekistonga bir necha bor ko‘proq sayohlar olib borish imkonini yaratadi.
Bir necha yillar davomida O‘zbekiston Yaponiyalik sayohlar orasida juda ommaviy yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Aprel oyining oxirida va mayning boshida Yaponiyada bayram va ta’tillar mavsumi bo‘lgani tufayli, ko‘pchillik ayni shu vaqtda sayohlik qiladi. Ikkinchida ayni shu vaqtda O‘zbekistonda ob-havo ham yoqimli bo‘ladi.