O‘zbekiston Rossiyalik sayohlarni taklif qilmoqda

© Vadim ShekunMoskvadagi Mitt 2016 ko‘rgazmasida O‘zbekiston stendi
Moskvadagi Mitt 2016 ko‘rgazmasida O‘zbekiston stendi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada 23-26 mart kunlari dunyoda eng yirik xalqaro ko‘rgazmalardan biri – “MITT 2016” bo‘lib o‘tmoqda. "O‘zbekturizm" tomonidan tashkil qilingan O‘zbekiston stendi tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Ko‘rgazmada dunyoning 180 mamlakatidan 1500 kompaniya qatnashdi. MDH mamalkatlariga alohida pavilon ajratilgan bo‘lib u mahalliy turistik kompaniyalar va aholi orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi boshchiligida tashkil qilingan O‘zbekiston sayohlik kompaniyalarining birlashgan stendi ko‘rgazmaning 8 pavilonining aynan kirish joyida joylashagan bo‘lib, boshqa stendlardan u o‘zining qadimiy sharqona me’morchilik uslubida qurilganligi bilan ajralib turardi. 100 kvadrat metr maydonni egallagan stendda O‘zbekturizm, O‘zbekiston Havo yo‘llari va 14 sayohlik kompaniyasi stendlari joylashgan edi.

© Vadim ShekunStend Uzbekistana na Moskovskoy mejdunarodnoy vistavke Mitt "Puteshastviya i turizm"
Stend Uzbekistana na Moskovskoy mejdunarodnoy vistavke Mitt Puteshastviya i turizm  - Sputnik O‘zbekiston
Stend Uzbekistana na Moskovskoy mejdunarodnoy vistavke Mitt "Puteshastviya i turizm"

Yil sayin O‘zbekistonga rossiyalik turistlar qiziqishi oshib bormoqda. Ushbu tendensiya oxirgi ikki uch yilda, Turkiya va Yegipet yo‘nalishlari yopilishi munosobati bilan ayniqsa kuchaydi. Undan tashqari O‘zbekiston turistik potensiali ham yil sayin oshib bormoqda. Yangi mehmonxonalar qurilmoqda, transport infrastrukturasi rivojlanmoqda, internet orqali turi xizmatlarni sotib olish va bron qilish imkoniyatlari ham kengaymoqda.

O‘zbekiston rossiyalik turistlarni o‘zining boy tarixiy me’rosi, bir-biridan shirin mevalari, unutilmas milliy taomlari bilan jalb qilmoqda. Buning ustiga vizasiz rejim va mamlakatda rus tili keng tarqalgani ham bu yerda ijobiy rol o‘ynamoqda.

Masalaning moliyaviy tomoniga kelsak, O‘zbekistonga sayohat narxi ham o‘rtacha. Ko‘rgazmada ishtiriok etgan turfirma vakillarining aytishiga qaraganda, O‘zbekistonning asosiy turistik shaharlari bo‘ylab bir haftalik sayohat narxi o‘rtacha 450 $ tashkil qilishi mumkin, aviabilet narxidan tashqari.

Rossiya shaharlaridan O‘zbekistonga va orqaga uchish narxi o‘rtacha 25000 rublni tashkil qiladi. Biz muloqotda bo‘lgan ko‘pchillik rossiyaliklarning fikriga ko‘ra, agar aviabilet narxi arzonroq bo‘lganda, ular alalqachon O‘zbekistonga sayohat uyushtirgan bo‘lardi.

© Vadim ShekunMoskovskaya mejdunarodnaya vistavka Mitt "Puteshastviya i turizm"
Moskovskaya mejdunarodnaya vistavka Mitt Puteshastviya i turizm  - Sputnik O‘zbekiston
Moskovskaya mejdunarodnaya vistavka Mitt "Puteshastviya i turizm"

Bugungi kunda aviabiletlar narxini arzonlashtirish uchun charter parvozlar amalga oshirish haqida muzokaralar ketmoqda, lekin hozircha aniq biror ishlar amalga oshirilgani yo‘q.

O‘zbekiston YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy va madaniy yodgorliklari soni bo‘yicha dunyoda 9 o‘rinni egallaydi. Yevropalik va Yaponiyalik turistlar orasida madaniy va tarixiy sayohlik juda ommaviy. Undan tashqari hozirgi kunda O‘zbekistonda gastronomik va eko-turizm ham tez ommaviylashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0