TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Bugun Toshkentning “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston terma jamoasi 2018-yil Jahon chempionati saralovchi o‘yinlari doirasida o‘zining oxirgi o‘yinlaridan birini o‘tkazdi. Samvel babayan boshchiligidagi jamoa Filippin ustidan 1:0 hisobda g‘alaba qozondi, lekin bu o‘yin oson kechmadi.
Bunyodkor stadioning barcha 34 ming o‘ridig‘i liq to‘la edi. Stadionga kirishda militsiya barchaini sinchikovlik bilan tekshirdi. Yaqinda Brusselda bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin bunday xavfsizlik choralariga asos borligiga hamma biladi albatta.
Mahalliy muxlislar albatta yaxshi tayorgarlik ko‘rishgan. Ularning qo‘lida ulkan bayroq, boshlarida davlat ramzi ranglariga bo‘yalgan pariklar va ulkan do‘ppilar. O‘yin davomida stadion bir zum ham tinch o‘tirmadi, doira sadolari, baqir-chaqir, va ho kazo. Umuman muxlislar milliy jamoani qo‘llab quvvatlash uchun o‘z kuchlarini ayamadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
O‘yin boshida ikkala jamoa ham tashabbusni qo‘lga kiritishga harakat qilishdi, lekin bu ularga oson bo‘lmadi. To‘p asosan maydon markazida bo‘ldi. Sekin-asta O‘zbekiston futbolchilari raqibni yenga boshladi. O‘yin raqib darvozasi tomon surildi.
8 minutda Sergeyev darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi, lekin uni yenga olmadi.
11 minutda Xose Elmer Porteria o‘yin qoidasini buzdi. U tekis oyoq bilan Yegor Krimesnig oyog‘iga zarba berdi. Sudya Angliyalik bo‘lganda bunda vaziyatda sariq kartochka bergan bo‘lardi, lekin Yaponiyalik Sato Ruji, bu hodisani o‘ta qattiqullik bilan baholab, Poteriaga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Birnchi taym oxiriga qadar O‘zbekiston raqib darvozasi oldida o‘nlab xavfli vaziyatlar yaratdi. Jamoa yulduzlari Server Jeparov va Odil Ahmelovlarning bir necha zarbasi nishonga tegmadi. Ustiga ustak mehmonlar darvozaboni ham yaxshigina mexnat ko‘rsatdi.Ikkinchi taym O‘Zbek jamoasining ketma-ket hujumlaridan boshlandi. Mehmonlar o‘z darvozasi oldida butun jamoa bilan “yotib oldi” desak adashmaymiz. O‘yin oxiriga yaqinlashib qolgan bo‘lsada hisob hali ochlmagan edi.Shunda Babayan o‘zining “irli quroli” – Aleksandr Geynrixni chiqardi.
Va nihoyat, 59 daqiqada Geynrix zarbasidan so‘ng Anzor Ismoilov to‘pni darvozaga yo‘lladi. Ura, hisob 1:0.
Endi O‘zbekiston terma jamoasi uchun JCh saralovchi bosqichida faqat bir o‘yin qoldi. Bahraynga qarshi o‘yin Toshkentda 29-mart kuni Bunyodkor stadioni bo‘lib o‘tadi.