TOShKENT, 24 mar — Sputnik. «Islom davlati» terrorchilik guruhi Yevropaga hujum qilish uchun 400dan ziyod jangarilar tayorlab jo‘natgan, xabar bermoqda Assoshieyted press Yevropa va Iroq maxsus xizmatlari ma’lumotiga asosan.
Maxsus xizmatlar xabariga ko‘ra, G‘arb mamalkatlariga hujum uyushtirish uchun jangarilarni Iroq, Suriya va balkim sobiq ittifoq mamalkatlaridagi maxsus lagerlarda tayorlangan. Jangarilar, Parijga hujum uyushtirgan guruh kabi, kichik guruhlarga biriktirilgan bo‘lib, ularga Yevropa hududida qulay fursat va joy topib terrorchilik akti uyushtirish buyurilgan.
Eslatib o‘tamiz, 22-mart kuni Brussel aeroportida v a metrosida uch portlash ro‘y berdi. Oqibatda 31 kishi qurbon bo‘ldi va 300 ga yaqin kishi jarohatlandi. Ushbu portlashlar uchun javobgarlikni “Islom davlati” o‘z bo‘yniga oldi.