Toshkent, 23-mart, Sputnik matbuot xizmati. YuNESKO ishlari bo‘yicha Rossiya komissiyasi rahbarligida, “Rossiya segodnya” Xalqaro axborot agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan Andrey Stenin nomli Xalqaro fotojurnalistika konkursi Rossiya va dunyoning 70 mamlakatidan yosh fotojurnalistlarning 6000 mingga yaqin ishlarini to‘pladi. Konkursda Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mamlkatlari mamlkatlari qatnashdi.
Rossiyalik qatnashchilar Kaliningraddan Vladivostokkacha va Sankt-Peterburgdan Yaltagacha bo‘lgan masofani qamrab oldi. Eng ommaviy nominatsiyalar “Mening yurtim”, “Zamonamiz qahramoni portreti”, “Dunyo bo‘yoqlari. Hayot uyg‘unligi”. Sovrindorlarni e’lon qilish va taqdirlash marosimi 2016-yil avgustida o‘tkaziladi. Konkurs g‘oliblari pul mukofotlari va o‘z ijodlari namunalarini Rossiya va chet davlatlari ko‘rgazmalarida namoyish etish imkoniga ega bo‘ladilar.
“Bu yil biz qatnashchilar geografiyasi bo‘yicha rekord o‘rnatdik. Dunyoning besh kontinentidan fotosuratchilar konkursda ishtirok etdi. Konkursning bunday xalqaro ommaviylashuvi, unga Rossiya va xalqaro fotojamiyat tomonidan, Rossiyadagi yangi nomlar yaratuvchi maydon sifatida, talab katta ekanligidan dalolat beradi. Biz barcha qatnashchilarga omad tilaymiz”, — dedi Aleksandr Shtol, “Rossiya segodnya” Xalqaro axborot agentligi fotoma’lumotlar direksiyasi rahbari.
Konkursga kelga ishlarning 60% Rossiyalik suratchilardan. Rossiyaning Markaziy, Shimoli-G‘arbiy, Ural, Privoljsk va Primorye federal okruglaridagi fotosuratchilar konkursning eng faol ishtirokchilari bo‘lishdi.
Konkursda har bir nominatsiya uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar sovrinlari 50, 35 va 25 ming rublni tashkil qildi. Konkurs nominatsiyalari: “Mening vatanim”, “Dunyo bo‘yoqlari. Hayot uyg‘unligi”, “Portret. Zamonamiz qahramoni”, “Asosiy yangiliklar”, va “Sport”. Alohida sovrin — “Gran-pri” barcha nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan fotosuratlar orasidan juri a’zolarining ko‘pchillik ovozi bilan tanlanadi. Uning qiymati 500 ming rubl.
Andrey Stenin nomli fotojurnalistika konkursining maqsadi yosh fotosuratchilarni qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik zamonaviy fotojurnalistika muammolariga jalb qilishdir. Konkurs – xalqaro fotojamiyat fotojurnilistikada yangi nomlar kashf qiladigan, uning yuqori standartlarini qo‘llab quvvatlaydigan va rivojlantiradigan, Rossiya va dunyo hujjatli fotosuratchiligining sifat mezonlarini belgilaydigan yagona maydondir. 2015yilda konkurs mamlakatidan 5000 fotosurat to‘plab yosh fotosuratchilar bellashadigan eng yirik musobaqa maydoniga aylangan edi. Konkurs dunyoning 4 qit’asidan va 54 mamlakatidan qatnashchilarni to‘plagan edi.
Andrey Stenin nomli xalqaro fotojurnalistika konkursi 2016-yilda eng yirik Rossiya va xalqaro OAVlar va fotojamiyatlar ishtirokida o‘tmoqda. Konkursning bosh axborot hamkorlari — «Rossiya-Kultura» telekanali, KP.ru, JurDom va Russian Photo axborot portallari, Askanews, Antara foto, EFE , EBS axborot agentliklari, Independent Media mediaxoldingi, Notimex axborot portali, RT, The Royal Photographic Society, Shanghai United Media Group (SUMG) axborot portlallari, Xinhua axbotrot agentliklaridir.
Soha axborot hamkorlari tomonidan konkursni Akademiya Fotografii, GeoFoto , Photo-study.ru, Soyuz fotojurnalistov Rossii, Soyuz jurnalistov Moskvi, Soyuz studencheskix i molodojnix SMI, YOung JOurnalists, Shkola vizualnix iskusstv va "Fotoparad v Ugliche" festivali qo‘llab quvvatladi.