Dunyoda

Erdoʻgʻon terrorchilar Bryusselga hujum uyushtirishi mumkinligi haqida ogohlantirgan

© Sputnik / Stringer / Mediabankka oʻtishBryusseldagi portlash
Bryusseldagi portlash - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Erdoʻgʻonning soʻzlariga qaraganda, bombalar Bryusselda yoki Yevropadagi istalgan shaharda portlashi mumkin. “Terrorchilik uyushmalariga qarshi ikkiyoqlama siyosat olib borayotgan Yevropadagi vijdonsiz, ikkiyuzlamachi davlatlar, ertami-kechmi terror “minasi”ni bosishlariga shubham yoʻq”, deb taʼkidladi u.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik, Fedor Smirnov. Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon, 18-mart kuni Chanaqqalʼada boʻlib oʻtgan “Dardanel operatsiyasi” bir yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirda nutq soʻzlar ekan, Bryusselda sodir etilishi mumkin boʻlgan teraktlar haqida gapirgan, RIA Novosti xabariga koʻra.

Turkiya prezidenti Bryussel Qurdiston Ishchi partiyasiga nisbatan ikkiyoqlama siyosat olib borayotgani uchun, terrorchilar tomonidan bombardimon qilinishi mumkinligi haqida taʼkidlagan.

"Bu davlatlar oʻta vijdonsiz va ikkiyuzlamachi, ular ikkiyoqlama siyosat olib boradi. Ularning harakatini minalangan maydondagi raqsga qiyoslayman: oyogʻingiz qachon minani bosishini bilmaysiz, lekin bu sodir boʻlishi muqarrar… Bombalar Bryussel yoki Yevropaning boshqa bir shahrida portlamasligi uchun hech qanday sabab mavjud emas. Balki, Turkiyada minalashtirilgan avtomobillar portlashi siz uchun hech qanday ahamiyat kasb etmas, ammo bombalar sizning shahringizda portlay boshlagach, bu nimaligini his qilasiz. Ammo kech boʻlgan boʻladi”, — deya taʼkidladi Erdoʻgʻon.

Bryussel xalqaro aeroportidagi vaziyat - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Bryusselda roʻy bergan portlashlar terakt deb tan olindi

Yakshanba kuni Anqaradagi Belgiya elchisi Turkiya TIVga chaqirtirildi. Elchiga Bryusselda boʻlib oʻtgan Qurdiston Ishchi partiyasi aktsiyasi tufayli norozilik notasi topshirilgan edi.
Bryussel aeroportida seshanba kuni ertalab ikkita portlash sodir etildi. Koʻp vaqt oʻtmay, Bryusseldagi metro stantsiyalarida ham ikkita terakt amalga oshirildi. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, portlashlar oqibatida 34 kishi halok boʻlgan, 150dan ziyod odam jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0