TOSHKENT, 22 mart — Sputnik. SHHTning Regional Antiterror strukturasi (RATS) va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Toshkentda boʻlib oʻtadigan SHHT rahbarlari sammitida xafsizlikni taʼminlash uchun bir qator tadbirlar oʻtkazmoqda, RATS matbuot xizmati xabariga asosan.
Ahmedboyev, Oʻzbekistonda ahamiyatli xalqaro anjumanlar, jumladan SHHT sammiti oʻtkazish vaqtida qabul qilingan, ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari haqida soʻzlab berdi.
“RATS ijroiya qoʻmitasi direktori Yevgeniy Sыsoyev Oʻzbekiston Ichki Ishlar vaziri Adhamjon Ahmadboyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda hamkorlik va Sammitga tayorgarlik koʻrish choralari muhokama qilindi”, — deb xabar berdi RATS matbuot xizmati.
Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston SHHT aʼzolaridir. Belorussiya, Mongoliya, Hindiston, Eron, Pokiston va Afgʻoniston kuzatuvchi maqomida. 2016 yilda Oʻzbekiston SHHTda rahbarlik navbati Oʻzbekistonda, shuning uchun bu yil tashkilotga aʼzo mamlakatlar rahbarlarining yillik sammiti 23-24 iyunda Toshkentda boʻlib oʻtadi.