TOSHKENT, 22 mar — Sputnik, Nataliya Shmakova. “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi seshanba kuni Bryusselda roʻy bergan portlashlar uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga oldi, deb xabar qiladi RIA Novosti Italiyaning askanews axborot agentligiga tayangan holda.
Bryussel xalqaro aeroportida, seshanba kuni, mahalliy vaqt bilan 8:00da ikkita kuchli portlash sodir boʻldi.
Mamlakat hukumati bergan maʼlumotga koʻra, portlovchi qurilmalardan biri kamikadze-terrorchi tomonidan ishga tushirilgan boʻlishi mumkin. Uchinchi portlash Bryusseldagi Malbek metro stantsiyasida sodir etildi. Teraktlar natijasida, soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda 34 kishi halok boʻlgan, oʻnlab odamlar jiddiy jarohat olganlar.
Belgiya Bosh vaziri portlashlarni terakt, deb atadi.
Bryusselda boʻlib oʻtgan teraktlar tufayli, Belgiya IIV mamlakatda uch kunlik motam eʼlon qildi, deb xabar qilmoqda
Avenir axborot portali.