Dunyoda

Obama: tez orada AQSH sayyohlari uchun Kubaga yoʻl ochiladi

© REUTERSAQSH prezidenti Barak Obama Gavana aeroportida
AQSH prezidenti Barak Obama Gavana aeroportida - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Barak Obama, 1960-yillarda ikki mamlakat oʻrtasida munosabatlar darz ketganidan buyon, yaʼni soʻnggi 88 yil ichida Kubaga tashrif buyurgan birinchi AQSH prezidenti boʻldi.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Amerikalik sayyohlar “tez orada” Kubaga aylangani kelishlari mumkin boʻladi, deb taʼkidladi AQSH prezidenti Barak Obama AVS telekanaliga bergan intervyusida, RIA Novosti xabariga koʻra.
Obama 20 mart kuni Ozodlik oroliga ikki kunlik tashrif uyushtirdi. Tashrif davomida u Kuba yetakchisi Raul Kastro va mahalliy dissidentlar bilan uchrashuv oʻtkazdi hamda Ozodlik oroli ahliga nutq bilan murojaat qildi.
Obama uchrashuv davomida Kuba oroliga tez orada toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar qoʻyilishi haqida taʼkidlab oʻtdi.
"Bu, albatta, roʻy beradi", — dedi u.
Obama 2014 yilning oxirida Gavana bilan aloqalar yaxshilangani haqida eʼlon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0