Hodisalar

Bryusseldagi portlash oldidan uchish zalida boʻlganlardan biri arab tilida allanimalar deb baqirgan

© MARC GYSENS / BELGA / AFPPolitsiyachilar Bryussel aeroportida
Politsiyachilar Bryussel aeroportida - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hozirga qadar olingan maʼlumotlarga qaraganda, portlash natijasida, 11 kishi halok boʻlgan, oʻnlab kishi jarohat olgan.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik, Aleksandr Shishlo. Bryusseldagi xalqaro aeroport binosida sodir boʻlgan portlash oldidan, uchish zonasida boʻlganlar orasida kimdir arab tilida allanimalar deb baqirgani maʼlum boʻldi, xabar qilmoqda Derniere heure elektron nashri.
Belga axborot agentligi berayotgan xabarga koʻra, portlash oldidan avtomat oʻqi ovozi jaranglagan.

​Hozirga qadar olingan maʼlumotlarga qaraganda, portlash natijasida, 11 kishi halok boʻlgan, oʻnlab kishi jarohat olgan.
Portlash terrorchilar ishi ekanligi OAVlarda taʼkidlansa-da, ammo hukumat bu xabarni rasman tasdiqlagani yoʻq. Belgiya Bosh vaziri Bryussel aeroportida yuz bergan portlashlar yuzasidan favqulodda yigʻin oʻtkazmoqda.

Yangiliklar lentasi
0