TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Bryussel aeroportida ikkita portlash roʻy berdi, RIA Novosti xabariga koʻra.
Hozircha portlash sabablari aniqlanmagan. OAVlarda aniqlik kiritilishicha, portlashlar aeroportning uchish zalida roʻy bergan. Maʼlumotlarga qaraganda, 11 kishi halok boʻlgan, 20ga yaqin inson jarohatlangan. Hozirda yoʻlovchilar evakuatsiya qilinmoqda, deb xabar bermoqda Sky News telekanali.
Barcha reyslar bekor qilinganligi taʼkidlanmoqda. RTBF telekanali xabariga koʻra, portlashlar terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan boʻlishi mumkin. Belgiya hukumati portlashlar yuzasidan favqulodda yigʻin oʻtkazmoqda.