TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Avstraliyalik bokser Lukas Braun Oʻzbekstonlik bokser Ruslan Chagayev bilan WBA chempioni belbogʻi uchun boʻlgan jangdan keyin topshirgan analizida doping topildi, deb xabar bermoqda R-Sport, ESPN xabariga asosan.
Eslatib oʻtamiz, 5 mart kuni Groznыy shahrida boʻlib oʻtgan jangda, referi gʻalabani texnik nokaut bilan Lukas Braunga bergan edi. Jang tugashi bilanoq Ruslan Chagayev bunday referining bunday qaroridan norozi ekanligini bildirgan edi.
Umumjahon Dopingga qarshi qoʻmitasi (WADA) jangdan keyin oʻtkazgan doping tekshiruvida Avstraliyalik bokschining qonida klenbuterol moddasi topilgan.
Aslida bronxial astma va boshqa oʻpka kasalliklariga qarshi kurash uchun moʻljallangan klenbuterol moddasi oxirgi vaqtlarda sportchilar tomonidan organizmdagi yogʻni quritish va shuning hisobdan qisqa vaqt ichida vazn tashlash maqsadida keng foydalanilmoqda. Klenbuterol VADAning taʼqiqlangan dorilar roʻyxatiga kiritilgan.
Agar Braun dopingga qarshi qoidalarni boʻzganlikda aybdor deb topilsa, u WBA chempioni titulidan mahrum boʻladi.