TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. FlyDubai aviakompaniyasi samolyoti Rostov-na-Donu shahrida halokatga uchrashi sababi qotib qolgan balandlik ruli boʻlishi mumkin dedi, tergov xodimlaridan biri "Rossiyskaya gazeta" muxbiriga, RIA Novosti xabariga asosan.
Uning fikriga koʻra, Boeing samolyotining ushbu boshqaruv tizimi havo haroratining keskin oʻzgarishi tufayli qotib qolish ehtimoli bor ekan. Fojea aynan shu sababdan boʻlganiga bir necha omillar ishora qilmoqda.
Samolet tezlik bilan pasayib borgan boʻlsada, uchuvchilar halokat singali bermagan va biror asbob ishdan chiqqani haqida xabar berishmagan. Ekipaj vaziyatdan qutilishga uringan, lekin ularga qotib qolgan shturvalni qimirlatish uchun “vaqt va kuch yetmagan”, deydi tergov xodimi.
Oldin ham Boeing samolyotlarida balandlik ruli bilan shunday muammolar boʻlgan edi. Rosaviatsiya ekspertlari fikriga koʻra, aynan shunday nosozlik 2013 yilning 17 noyabrida Qozonda Boeing 737 samolyoti halokatiga sabab boʻlgan edi.
Shu sababga koʻra MAK Boeing 737 turdagi samolyotlarining litsenziyasini Rossiya hududida toʻxtatib qoʻygan edi. Lekin keyinchalik rosaviatsiya ushbu talabini bekor qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan shanba kuni Dubaydan Rostov-na-Donu shahriga uchib kelayotgan Boeing 737-800 samolyoti qoʻnish vaqtida halokatga uchradi. Samolyot bordida 55 yoʻlovchi va 7 ekipaj aʼzosi bor edi. Ularning barchasi qurbon boʻlgan.