TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda Navro‘z bayrami nishonlanmoqda. Mamlakatda asosiy bayram tantanalari Toshkentdagi Alisher Navoiy bog‘ida bo‘lib o‘tmoqda. Tantanada O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov, Oliy majlis va Hukumat rahbariyati va chet mamalkat elchilari ishtirok etishdi.
Bir yarim soat davom etgan konsert va teatrlashtirilgan namoyishda Navro‘z razmi bo‘lgan Sumalak pishirish, xavo sharlari uchirish, konfetti va musiqali fontanlar namoyish etildi. Quyoshli ob-havo bayram tashkilotchilarining rejalarini to‘la amalga oshirishga imkon berdi. Navoiy bog‘ida bayram mehmonlari haqiqiy Sumalakni tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi.
“Boshidan ko‘p qiyinchiliklarni kechirgan xalqimizdan, uning haqiqiy ezgu niyati nima deb suo‘rasak, ishonchim komilki “bizga tinchlik va saodat kerak” degan javob bo‘ladi”, — dedi Islom Karimov o‘z nutqida.
Tantanada quvnoq kayfiyat hech kimni befarq qoldirmadi. Prezident Islom Karimov ham davraga chiqib ham raqsga tushdi. Boshqa mansabdor shaxslar ham uni qo‘llab quvvatlashdi. Dastur so‘nggida Islom Karimov davrani aylanib, tomoshaga kelgan odamlar bilan salomlashib chiqdi va qarsaklar ostida bog‘ni tark etdi.
Bugun Toshkentning bir necha bog‘ va xiyobonlarida xalq sayllari bo‘lib o‘tmoqda. Konsertlar, oshpazlik musobaqalari va boshqa ko‘ngilxushlik dasturlari tashkil qilingan.
Navro‘z — fors tilidan “Yangi kun” deb tarjima qilinadi. Navro‘z tarixi juda uzoq bo‘lib, eramizdan oldingi 4 ming yillikka borib taqaladi. O‘shanda, Misrda, Nil darosi bo‘yida yashagan odamlar quyosh kalendaridan foydalangan, Navro‘z esa — ular uchun Yangi yil bayrami bo‘lgan. Shu kundan boshlab yilda kunlar sanog‘i qaytadan boshlangan.
Sobiq ittifoq davrida Navro‘z rasman bayram qilinmagan. Shunga qaramasdan O‘rta Osiyo mamlakatlarida Navro‘z taomlari va urf-odatlari unutib yuborilmagan.