Ispaniyada sodir bo‘lgan YTH qurbonlari orasida O‘zbekistonlik talaba bor

© REUTERS / ALBERT GEAFreginals shaharchasi yaqinida YTHga uchragan Avtobus
Freginals shaharchasi yaqinida YTHga uchragan Avtobus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yakshanba kuni avtobus va yengil avtomobil to‘qnashuvi natijasida Ispaniyaning Terrgona provinsiyasida 13 kishi qurbon bo‘ldi, 43 kishi turli xil jarohatlar oldi. To‘qnashgan avtobus va yengil avtomobil haydovchilari tirik qolgan.

TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Ispaniyada sodir bo‘lgan YTH qurbonlari orasida Fransiya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Ruminiya va O‘zbekiston fuqarolari bor, dedi Kataloniya viloyati Jeneraliteti (Ichki Ishlari) maslahatchisi Jordi Jane, muassasa rasmiy saytida.

Yakshanba kuni avtobus va yengil avtomobil to‘qnashuvi natijasida 13 kishi qurbon bo‘ldi, 43 kishi turli xil jarohatlar oldi. Avariya Ispaniyaning Barselona va Valensiya shaharlari orsida joylashagan Freginals shaharchasi yaqinida sodir bo‘lgan.  

Daslabki ma’lumotlarga qaragada, avtobus haydovchisi uxlab qolgan va avtobus yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib ag‘darilib tushgan. Keyin unga yengil avtomobil kelib urilgan.  

Avtobusda 20ga yaqin mamlakat fuqarolari bo‘lgan. Ularning bari 19-25 yoshli “Erazmus” xalqaro almashuv dasturi talabalari bo‘lgan. Talabalar Barselonadan Valensiyaga Las-Falyas “Olovlar tuni” bayramidan qaytayotganida fojea yuz bergan.

Fojea munosobati bilan Kataloniyada ikki kunlik motam e’lon qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0