TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegara qoʻshnlari vakillari muzokaralardan keyin chegarada harbiylar sonini kamaytirishga qaror qilishdi, deb xabar bermoqda Qirgʻiziston Chegarani qoʻriqlash xizmati.
Chegara chizigʻi boʻylab vaziyat tinch, aholi orasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Oʻtkazilgan muzokaralardan keyin tomonlar harbiylari sonini 20 kishidan 8 kishigacha qisqartirishga kelishib olishdi.
Eslatib oʻtamiz, OAV xabariga koʻra, 18 mart kuni Oʻzbekiston chegara qoʻshnlari oʻzbek-qirgʻiz chegarasida ikki BTR va 40qa yaqin askarni joylashtirganligi haqida xabar berilgan edi. Oʻzbekiston Chegarani qoʻriqlash xizmati chegarada harbiylar soni koʻpaytirilganini Navruz bayrami oldidan xavfsizlikni kuchaytirish choralari bilan bogʻliq degan edi.