Tergov Qo‘mitasidan olingan xabarlarga ko‘ra, layner Yerga qo‘ngan vaqtda portlagan.
Bundan sal oldin mahalliy favqulodda holat xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Boeing orqa qismi bilan yerga urilgan.Rostov-na-Donu MChS xizmati esa, qo‘nish vaqtida samolet qanotlari uchish-qo‘nish chizig‘iga tekanligi va sal o‘tmay layner yona boshlagan, deya ma’lumot bermoqda.

Favqulodda xizmat xodimlari layner parchalarini tekshirmoqda

Tezkor guruh xodimlari fojea yuz bergan joyga zudlik bilan yetib keldilar

Dubaydan qaytib kelayotgan Fly Dubai aviakompaniyasiga qarashli layner, Rostov-Don aeroporti qo‘nish chizig‘idan chaproqda, Moskva vaqti bilan 3:40da halokatga uchradi.

samolyot bortida jami 62 kishi: 55 yo‘lovchi, shu jumladan, 4 nafar bola va 7ta ekipaj a’zolari bo‘lgan. Rossiya Prezidenti ladimir Putin aviahalokat qurboniga aylangan insonlar oilasiga chuqur hamdardlik bildirdi hamda Rostov viloyati gubernatoriga halok bo‘lgan yo‘lovchilar qarindoshlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berish haqida topshiriq berdi. Aeroportda halok bo‘lgan yo‘lovchilarning 600dan ortiq qarindoshlari to‘planishgan.

Layner qo‘nishga urinib, 2,5 soat mobaynida aeroport ustida uchgan. Shundan so‘ng, qo‘nish chizig‘iga orqa qismi bilan urilib, sal o‘tmay yona boshlagan va portlagan.

Layner bortidagi yo‘lovchilarning hammasi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning qarindoshlari Rostovdagi aeroportga to‘planishmoqda.

Portlash natijasida, Boeing-737-800 qo‘nish maydoni bo‘ylab chilparchin bo‘lgan

Qo‘nish oldidan layner ikki soatdan ziyod vaqt aeroport ustida aylandi, deb xabar bermoqda, Flight radar portali.

Aviahalokatga noqulay ob-havo sharoitlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda. Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev ham aviahalokatga yomon ob-havo sabab bo‘lgan, boshqa taxminlar mavjud emas, deb ta’kidlamoqda.

Mahalliy MChS xizmati halok bo‘lganlar ro‘yxatini e’lon qildi, ularning aksariyati Rossiya fuqarolari bo‘lgan, shuningdek, vafot etganlar orasida besh nafar chet el fuqarolari ham mavjud. Layner ekipaji esa turli davlat fuqarolaridan iborat bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning yaqinlariga har tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda.

Hozirda aviahalokat yuz bergan joyda qutqaruvchilar brigadasi ish olib bormoqda, shuningdek, Rossiya Tergov Qo‘mitasiga qarashli tergov-kriminalistika guruhi faoliyati ham kuchaytirilgan. Ushbu hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.