Rostovda mudhish aviahalokat yuz berdi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishRostov-na-Donudagi xalqaro aeroport
Rostov-na-Donudagi xalqaro aeroport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dubaydan qaytayotgan yo‘lovchilar samolyoti Rostov-Don aeroporti qo‘nish chizig‘iga yaqin joyda qulab tushdi. Aviahalokat sabablari hozircha noma’lum.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Rostov aeroportida qulagan Boeing 737-800 bortidagi yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining hammasi halok bo‘lishgan, deb xabar berdi regiondagi favqulodda holat xizmatidagi manba, RIA Novosti.

Dubaydan qaytib kelayotgan Fly Dubai aviakompaniyasiga qarashli layner, Rostov aeroporti qo‘nish chizig‘idan chaproqda, Moskva vaqti bilan 3:40da qulab tushgan. Rossiya Transport vazirligi rasmiy vakili bergan xabarga ko‘ra, samolyot takror qo‘nishga uringan vaqtda halokatga uchragan.

Tergov Qo‘mitasidan olingan xabarlarga ko‘ra, layner Yerga qo‘ngan vaqtda portlagan. Bundan sal oldin mahalliy favqulodda holat xizmati, Boeing orqa qismi bilan yerga urilgan, deya xabar bergan edi. Rostov-Don MChS xizmati esa, samolyot qo‘nish vaqtida qanotlari bilan uchish-qo‘nish chizig‘iga urilib, sal o‘tmay yona boshlagani haqida ma’lumot bermoqda. Layner qo‘nish oldidan ikki soatdan ziyod vaqt aeroport ustida aylandi, deb yozmoqda Flight radar portali.

Aviahalokatga noqulay ob-havo sharoitlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan taxminlar mavjud. Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev ham aviahalokatga yomon ob-havo sabab bo‘lgan, boshqa taxminlar mavjud emas, deya ta’kidlamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida jami 62 kishi: 55 yo‘lovchi, shu jumladan, 4 nafar bola va 7ta ekipaj a’zolari bo‘lgan.

Mahalliy MChS xizmati halok bo‘lganlar ro‘yxatini e’lon qildi, ularning aksariyati Rossiya fuqarolari, shuningdek, halok bo‘lganlar orasida besh nafar chet el fuqarolari ham bor. Layner ekipaji esa turli davlat fuqarolaridan iborat.

Rostov-Don aeroporti mudhish aviahalokat tufayli yakshanba 0:00gacha gacha yopildi.

Rostov aeroportiga uchishi lozim bo‘lgan yo‘lovchilarni Kavminvod va Krasnodar aeroportlari qabul qilishi haqida qaror chiqarildi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin aviahalokat qurboniga aylangan insonlar oilasiga chuqur hamdardlik bildirdi hamda Rostov viloyati gubernatoriga halok bo‘lgan yo‘lovchilar qarindoshlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berish haqida topshiriq berdi. Aeroportda halok bo‘lgan yo‘lovchilarning 600dan ziyod qarindoshlari to‘planganlar. Mahalliy hukumat halok bo‘lganlar oilalariga 1 million rubldan yordam puli berishi aytilmoqda.

Hozirda aviahalokat yuz bergan joyda qutqaruvchilar brigadasi ish olib bormoqda, shuningdek, Rossiya Tergov Qo‘mitasiga qarashli  tergov-kriminalistika guruhi faoliyati ham kuchaytirilgan. Ushbu hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0