Toshkentda “Jo‘rabek” jome masjidi qurilishi boshlandi

Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida 18-mart kuni “Jo‘rabek” jome masjidining yangi binosi qurilishi uchun birinchi g‘isht qo‘yildi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. 18-mart kuni Toshkent shahrida “Jo‘rabek” jome masjidining yangi binosi qurilishi uchun birinchi g‘isht qo‘yildi, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

Tadbirda qatnashgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligida taniqli ulamolar va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Muhammadbobur Yo‘ldoshev hamda faxriy imomlar masjidning birinchi g‘ishtini qo‘yib berdilar.

Yashnobod tumanida joylashgan “Jo‘rabek” jome masjidining yangi binosi xonaqohi 650 o‘ringa mo‘ljallangan. Masjid bitta minora, gumbaz va muhtasham ayvonlardan iborat loyiha chizmasi asosida barpo etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0