Qurdlar Jeneva muzokaralari natijalarini tan olmasligi mumkin

© AFP 2023 / FABRICE COFFRINI / AFP Jenevada Suriya tinchlik muzokaralari
Jenevada Suriya tinchlik muzokaralari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Agar Jenevadagi muzokaralarda Qurdlar talabi inobatga olinmasa, ular albatta bunday muzokaralar natijalarini tan olmaydi. Qurdlarni taklif qilishga hali kech emas. Bu eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi”, - dedi Qurdlar kongressi vakili.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Agar ularning talablari qondirilmasa, Qurdlar Jeneva muzokaralari natijalarini tan olmaydi, deb e’lon qilidi Rossiyadagi Qurd milliy kongressi vakili Salohiddin Soro.  

“Eng achinarlisi shundaki, ID hujumiga qarshi eng samarali kurashgan kuchlar, Suriya kelajagi hal qilinayotgan muzokaralarga taklif qilinmaganligidir. Hech kim qurdlarni faqat harbiy kuch yoki xudkush-jangarilar deb qabul qilib, ularning siyosiy talablarini inkor qilmasligi kerak”, — dedi Soro jurnalistlarga, Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.  

“Agar Jenevadagi muzokaralarda Qurdlar talabi inobatga olinmasa, ular albatta bunday muzokaralar natijalarini tan olmaydi. Qurdlarni taklif qilishga hali kech emas. Bu eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi”, — dedi u.

Soro, Rossiya bundan buyon ham Jeneva muzokaralarida Qurdlar vakili qatnashishi tarafdori bo‘lishiga umid bildirdi.

“Jeneva-3” – Suriya tinchlik muzokaralari Jenevada 14-mart kuni boshlandi. Unga qatnashish uchun Suriya hukumati, Suriya muxolifati va ichki Suriya muxolifati vakillari kelishdi.

Yangiliklar lentasi
0