TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Dunyoda neft narxi faol o‘sib bormoqda. WTI neftining narxi 2015-yilning 4-dekabridan beri birinchi marta barreliga 41 dollardan oshdi. Bu haqda birja savdosi natijalari dalolat bermoqda.
Moskva vaqti bilan soat 15:01 da may oyiga imzolanayotgan Brent fyucherslar narxi 2 %ga o‘sib 42,40 dollarni tashkil qildi, aprel oyida yetkizib berish uchun imzolangan fyucherslarda WTI markali neft narxi 2,3 %ga oshib 41,12 dollarni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi yillarda bo‘layotgan iqtisodiy o‘zgarishlar shuni ko‘rsatdiki, Rossiya rublining narxi neft narxiga bevosti bog‘liq. 2014, 2015-yillarda neft narxining barreliga 100 $dan 30 $ gacha keskin tushib ketishi, Rossiya rublining qiymatining boshqa valyutalarga nisbatan keskin tushishiga sabab bo‘ldi. Misol uchun 2014-yil boshida 1 dollar — 35 rublga teng bo‘lsa, 2016-yil boshida dollar kursi 80 rublga chiqib ketgan edi.