O‘zbekistonda futbol dastlab Farg‘ona vodiysida paydo bo‘lgan. 1912-yil Farg‘ona va Qo‘qonda eng birinchi futbol jamoalari paydo bo‘lgan. Dastlab ular turli korxonalarda ishlayotgan ishchilardan tashkil qilingan. Farg‘ona viloyati birinchi chempionati 1914-yilda bo‘lib o‘tgan. SSSR tarkibida O‘zbekiston 1920-yillardan boshlab to‘rli musobaqalarda qatnasha boshlagan.
SSSR futbol hayotida O‘zbekiston doimo alohida o‘rinda turgan. O‘zbekiston sovet va jahon futboliga O‘zbekiston darvozabon Yuriy Pshenichnikovni, o‘yinchilar Maksim Shaskix, Berador Abduraimov, Mirjalol Qosimov, Vadim Abramov, Gennadiy Krasniskiy, Samvel Babayan va Sudya Ravshan Ermatovkabi yulduzlarni taqdim etgan.
Bugun mustaqil O‘zbekiston futboli rivojlanishi yanada baland cho‘qqiga chiqish arafasida turibdi. O‘zbekiston milliy jamoasi futbol olamida eng nufuzli musobaqa bo‘lgan — Jahon Chempionatiga chiqish arafasida turibdi. 2018-yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon Chempionati Rossiyada o‘tkaziladi.