TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Tezurar tramvay liniyasi "Olmazor"(sobiq "Sobir Rahimov") metrosi stansiyasidan Sergeli tumanigacha quriladi, deb xabar qildi Toshkent qurilish va arxitektura boshqarmasi rahbari v.b. Rustam Raxmatullayev “Xalq so‘zi” gazetasiga bergan intevyusida.
U shuningdek, shaharda yangi metro stansiyalari qurilishi davom ettirilishini va metro liniyalari davomiyligi 6,5 km uzayishini ta’kidladi.