Qozog‘iston parlamenti bachabozlarni kastratsiya qilish haqida qonun qabul qildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishShifokor.
Shifokor. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, mamlakatda bolalarni oilalarga joylashning yangi shakli paydo bo‘ldi. “Mehmon oila” ta’til, dam olish kunlari va bayramlarda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini o‘z bag‘riga qabul qiladi.

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Qozog‘iston yuqori palatasi senati deputatlari “Bolalar huquqini himoyalash masalasi bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonunchilik xujjatlariga tegishli qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish haqida" qonun qabul qildi, deb xabar qiladi “Novosti-Kazaxstan” .

Yangi qonun ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yetim-bolalar haqida ma’lumotlarni to‘plash uchun respublika bankini tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Ushbu tizimni yaratishga 2015-2017 yillar uchun respublika budjetidan 120 million tanga(345 ming AQSh dollari atrofida) mablag‘ ajratilgan. Bundan tashqari, qonunchilikka majburiy chora sifatida, bachabozlarni kimoviy kastratsiya qilish to‘g‘risida norma kiritildi.

"Kimoviy kastratsiya(bichish) nima ma’noni anglatadi? Bu vaqtinchalik holat, ya’ni kishidagi shahvoniy zo‘ravonlikning oldini oluvchi bir martalik ukol. Ukol qilingan kishi bir umr shunday bo‘lib qoladi, degan ma’noni anglatmaydi. Yo‘q. Va bunday chora, sud qaroridan keyingina ko‘riladi”, — izoh berdi senator.

Yangiliklar lentasi
0