TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi qo‘shnlarni olib chiqishni boshladi, lekin zarurat tug‘ilsa Rossiya samolyotlarini qaytarishi mumkinligini aytdi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Kremlda harbiylarni mukofotlash marosimida.
Putinning so‘zlariga qaraganda Suriyadagi ushbu harbiy kompaniya Rossiya g‘aznasiga 33 milliard rublga tushgan, lekin ushbu mablag‘ Mudofaa vazirligining budjetiga “o‘quv mashg‘ulotlari” uchun kiritilgan mablag‘ doirasida. Hammaga ma’lumki eng yaxshi o‘quv mashg‘ulot bu – haqiqiy jang sharoitidir. Qurol aslahani o‘quv mashg‘ulotida sarf qilgandan ko‘ra, jangda sarf qilgan afzal, dedi prezident.
“Rossiya qo‘shnlarining asosiy qismi olib chiqib ketilganidan keyin ham regionda kuchlar muvozanati saqlanib qoladi. Undan tashqari, bizning qo‘llab-quvvatlashimiz va bergan yordamimiz evaziga, yaqin kelajakda, Suriya armiyasi va vatanparvar kuchlarining jiddiy muvaffaqiyatini kuzatamiz”, — dedi Putin.
Suriyada qoldirilgan Rossiya qo‘shnlari tinchlikni saqlash va tinchlik uchun imkoniyat yaratish yo‘lida o‘ta muhim vazifani bajarishi kerak.
“Biz Suriya qonuniy hukumatini va Qurolli kuchlarini mustahkamlash yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirdik. Bu haqida men BMT minbaridan turib ham gapirgan edim. Bugun ular nafaqat terrorchilardan himoyalanish, balki ularga qarshi muvaffaqiyatli hujumlar olib borish imkoniga ega. Suriya armiyasi strategik tashabbusni qo‘lga kiritgan va o‘z yerini terrorchilardan tozalash imkoniga ega”, — dedi Rossiya prezidenti.
Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asad iltimosiga binoan Havo-kosmik kuchlari Suriya hududida o‘rnashib olgan ID terrorchilariga qarshi kurashni 2015-yilning 30-sentabrida boshlagan edi. Olti oy davomida Rossiya aviatsiyasi 9 mingdan ziyod jangovor uchishlar amalga oshirdi va terrorchi gurhlarning minglab mustahkamlangan istehkomlari, qurol-yarog‘ omborlari va minglab terrorchilar yo‘q qilindi. Yo‘q qilingan terrorchilar orasida 2 mingga yaqini Rossiyalik terrorchilar bo‘lgan. Natijada Suriyadagi vaziyat tubda o‘zgarib, tinchlik o‘rnatish jarayoni boshlandi.