Sumalak kelib chiqishi haqida ko‘plab rivoyatlar bor, lekin ular orasida biri menga juda yoqadi. Qadim zamonlarda, bir ayol ikki bolasi bilan yasharkan. Ayol bolalariga yegulik topib bera olmay, qiynalib yasharkan. Bir kuni uyida hech narsa qolmabdi, bolalari bo‘lsa och qolib, "ovqat bering" deb so‘rashdan to‘xtamabdi. Shunda ayol qozonga suv solibdi va unga uyi oldida o‘sgan o‘tni solib qaynata boshlabdi. Qozonda bir nima bordek bo‘lib turishi uchun ichiga ikki-uchta kichik tosh ham solibdi. Bolalari har zamon ovqat so‘raganda, ayol "hali pishmadi bolam", deb qozonni kavlarkan. Shu tariqa bolalari va ayol charchab uxlab qolishibda. Ertalab turib qarasa, qozonda ajoyib va to‘yimli taom pishib turgan ekan.