Bishkekdagi axlatxonada chaqaloq tanasi topildi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka o‘tishBishkekdagi axlatxona uyumi
Bishkekdagi axlatxona uyumi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu - hafta davomida ikkinchi bor takrorlanayotgan mudhish holat. Bu safar chaqaloqni sellofan paketga o‘ragan holda tashlab ketishgan. Go‘dak tanasini plastik idishlarni yig‘ib yurgan erkak topib olgan.

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Bishkek shahridagi axlatxona hududidan yangi tug‘ilgan chaqaloq tanasi topildi, deb xabar qiladi Bishkek shahri IIB matbuot xizmati, Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra.

Militsiya xodimlari ma’lumotiga ko‘ra, mudhish topilma haqida chorshanba kuni soat 11:00 chamasi xabar kelgan. Chaqaloq tanasini plastik idish terib yurgan erkak topib olgan.

"Kunduz, soat 10lar chamasi, axlatxonada plastik idish yig‘ib yurgan erkak sellofan paketga duch kelgan. Ichida idish bormikin, degan o‘yda paket og‘zini ochgan. Ammo paket ichidan idish emas, chaqaloqning jonsiz tanasi chiqqqan. Erkak chaqaloqni choponga o‘rab, yonida mobil telefoni yo‘qligi sabab, yaqindagi uylarga qarab yo‘l olgan. Birinchi xonadon eshigini taqillatib, uy egalaridan militsiyaga xabar berishlarini so‘ragan”, — deb izoh berdi ushbu hodisa yuzasidan Bishkek shahar IIB xodimi.

Militsiya xodimlari tomonidan chaqaloq tanasi shahar morgiga olib borilgan, sud-tibbiy ekspertizasi chaqaloq qiz bola ekanligini tasdiqladi. Ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

10 mart kuni Shobdon Botir prospekti va Ali To‘qombayev ko‘chalari kesishmasida ham yangi tug‘ilgan chaqaloq tanasi topilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0