“Donavia” O‘zbekistonga parvozlarni bekor qildi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tish"Donavia" samolyotiga yo‘lovchilar minmoqda
Donavia samolyotiga yo‘lovchilar minmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning 27-martidan boshlab “Donavia” Rostov-na-Donu shahridan O‘zbekistonga parvozlarini bekor qiladi.

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. "Donavia" s 27 martdan boshlab Yerevan va Toshkentga parvozlarini bekor qiladi. Bunga sabab kompaniyaning qayta tashkil qilinishi bo‘ldi. Bundan buyon “Donavia” “Rossiya” aviakompaniyasining Rostov filialiga aylandi.

“Rossiya” aviakompaniyasining direktorlar kengashi raisi Vadim Zingmanning aytishiga qaraganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro parvozlar, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamagani sababli bekor qilingan.

AO "Donavia" — Aeroflotning 100% sho‘’ba korxonasi bo‘lib, u 2009 yilda Aeroflot-Don kompaniyasi asosida tashkil qilingan. Kompaniyaning bosh ofisi Rostov-na-Donu shahrida joylashgan, baza aeroportlari Rostov-na-Donu, Krasnodar va Sochi aeroportlaridir.

 

Yangiliklar lentasi
0