Toshkentda sovuq suv narxi 6 %ga oshdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishSuv
Suv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda issiq suv narxi oshirilganidan keyin, apreldan boshlab sovuq suv narxi ham oshadi. “Suvsoz” xabariga ko‘ra, tariflar o‘zgarishi elektr energiyasi narxi oshishiga bog‘liq.

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Toshkentda yangi narxlar 1-apreldan boshlab kuchga kiradi.  Suv ta’minoti narxi 5,7 % ga oshadi, deyilgan “Suvsoz” davlat unitar korxonasi xabarida.

Narxlar oshishi birinchi navbatda elektr energiyasi va boshqa resurslar narxi oshishi bilan bog‘liq. Bir kubometr sovuq suv narxi, xonadonda suv hisoblagich o‘rnatililganidan keyin – 390 so‘mni tashkil qiladi. Agar hisoblagich o‘rnatilmagan bo‘lsa, oyiga 4,8 ming so‘m to‘lashga to‘g‘ri keladi. Kanalizatsiya bilan jihozlangan hovlilar uchun sovuq suv narxi 280 so‘mni tashkil qildi,  kanalizatsiya bo‘lmagan uylarda – 170 so‘m.

Yaqinda Toshkentda issiq suv narxi 8,5 % ga oshganini xabar bergan edik. Oxirgi marta Toshkentda sovuq suv narxi 2015-yilning oktabrida oshgan edi.

Yangiliklar lentasi
0