TOShKENT, 16 mar —Sputnik. Pokiston shimoli-g‘arbida avtobus portlashi natijasida kamida 15 davlat xizmatchisi qurbon bo‘ldi, RIA Novosti Reyter agentligi xabari asosida.
Mahalliy politsiya xabariga ko‘ra, terakt chorshanba kuni ertalab, Mardan shahridan Xayber viloyatining ma’muriy markazi Peshavar shahriga ketayotgan avtobus ichida sodir bo‘lgan. Politsiya xabariga ko‘ra 15 kishi qurbon bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohailangan.
Pokistonning Dawn nashri xabariga ko‘ra, portlovchi moslama avtobus ichiga o‘rnatilgan bo‘lgan.
Hozircha, ushbu terakt uchun javobgarlikni hududdagi terrorchi tashkilotlarning hech biri o‘z bo‘yniga olgani yo‘q.