TOShKENT, 15 mar — Sputnik, Mariya Sheludakova. Rossiya va AQSh olimlari O‘zbekiston hududida birgalikda olib borgan izlanishlar natijasida, Yer sharida yashagan ushbu hayvonlar ulkan yirtqichga aylanishidan oldin, o‘tkir eshitish qobiliyati va rivojlangan intellektga ega bo‘lgan ekanlar.
Oldin olimlarga faqat Shimoliy Amerika qit’asida 70 million yil avval, Bo‘r davrida yashagan Tyrannosaurus Rex nomli ulkan yirtqichning o‘zi tanish edi. Yaqin o‘tmishda uning Yura davriga oid ajdodi topilgan. Ushbu topilmaga qadar paleontologlar, qanday qilib Osiyoda yashagan, bo‘yi odamdek keladigan, tirannozavrlar Amerika qit’asida ulkan tirannozavrlarga aylanganini tushuna olmagan edi.
Izlanishlarda qatnashgan olimlardan biri, biologiya fanlari doktori Aleksandr Averyanovning aytishiga qaraganda O‘zbekistonda topilgan ushbu topilma, tirannozavrlar rivojlanishida yo‘qolgan tizim bo‘ldi.
“Ushbu topilma gigant va kichik tirannozavrlar orasidagi yo‘qolgan tizim bo‘ldi. Bu turdagi dinozavrlar haqida oldin hech narsa ma’lum emasdi”, — dedi paleontolog.
Averyanovning so‘zlariga qaraganda, suyaklarning katta qismi sovet davrida topilgan edi. 1997-yildan beri Qizilqum cho‘lida AQSh va Rossiyaning qo‘shma ekspeditsiyasi ishladi. Olimlar tirannozavrning bosh suyagini kompter orqali skan qilishdi va yirtqichning quloq ichi tuzilishini qayta tiklashga muvofiq bo‘lishdi.
Buning natijasida olimlar yirtqichning qulog‘i juda yaxshi eshitish qobiliyatiga ega bo‘lganligining guvohi bo‘lishdi. U ayniqsa past chastotadagi tovushlarni, masalan hayvonlarning qadam bosishini, yaxshi eshitgan.
“Tovush boshida yer orqali tarqaladi, keyin juda past darajada havoda tarqaladi. Ko‘p hayvonlar uni eshita olmaydi. Tirannozavrlar bo‘lsa, bunday tovushlarni juda yaxshi eshitgan, bu esa unga o‘lja topishga va samarali ov qilishga yordam bergan”, — dedi Rossiyalik olim.
Dinozavrlar ancha katta miya va rivojlangan intellektga ega bo‘lgan. Ushbu topilma olimlarni “tirannozavrlar ulkan yirqichga aylanishdan oldin, juda aqlli hayvonga aylangan, aynan shu tartibda”, — degan xulosaga olib keldi.