AvtoVAZda yangi bosh direktor taynlandi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishAvtomobil Lada Largus Cross
Avtomobil Lada Largus Cross - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu nufuzli lavozimga, Renault kompaniyasining Ruminiyadagi zavodi direktori Nikolya Mor tayinlandi. Zavodning yangi rahbari oldida raqobatbardor mahsulot yaratish va bozor ulushini oshirish kabi vazifalar turibdi.

TOShKENT, 15 mar —Sputnik. AvtoVAZni nazorat qiluvchi "Rostex" davlat korporatsiyasi va Renault-Nissan alyansi tomonidan tashkil qilingan "Alliance Rostec Auto BV” guruhi, AvtoVAZning yangi direktori etib Renault kompaniyasining Ruminiyadagi zavodi direktori Nikolya Mor (Nicolas Maure) tayinlanini e’lon qildi.

Yangi direktor 4-apreldan, AvtoVAZning oldingi direktori Bu Anderson o‘z vazifalarini yakunlaganidan keyin, ishga tushadi.  

“Yangi direktori oldida turgan vazifalar bu: avvalombor raqobatbardor mahsulot yaratish va korxonaning bozor ulushini oshirishdir”, — dedi "Rostex" korporatsiyasi bosh direktori Sergey Chemezov.

“Rostex” rahbarining so‘zlariga qaraganda AvtoVAZ, kompaniya oldida turgan chaqiriqlarga qaramasdan, o‘z strategiyasini davom ettiradi.

Sanoat va savdo vaziri Denis Manturovning so‘zlariga qaraganda, yangi direktor oldida turgan vazifalardan biri bu – avtomobil ishlab chiqarishda, imkon qadar Rossiyada ishlab chiqarilagan ehtiyot qismlardan foydalanishdir.  

AvtoVAZning sobiq direktori Bu Anderson 2014-yildan “AvtoVAZ”direktori lavozimida ishlab kelgan. Oxirgi vaqtlarda korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari pasaygani tufayli "Rostex" va Renault-Nissan uning ishidan norozi edi. Shuningdek Bu Anderson davrida AvtoVAZ ishchilarining sezilarli qismi ishdan bo‘shatilib, zavodning bir necha bo‘limlari yopilganidan norozi edilar.

 

Yangiliklar lentasi
0