TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Tashqi Ishlar vazirligiga Rossiya Havo-kosmik kuchlari haqida ma’lumot to‘plamoqchi bo‘lgan AQSh va Britaniya fuqarolari haqida ma’lumot yuborildi, maxsus xizmatlar xabari asosida.
“Chet el fuqarolari tomonidan Rossiya hududida amalga oshirilgan qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar Tashqi Ishlar vazirligiga yuborildi. Ushbu materiallar asosida taa’luqli mamlakatlar elchixonalariga arznomalar yuboriladi”, — dedi Rossiya maxsus xizmati vakili.
Uning so‘zlariga qaraganda, oxirgi vaqtlarda chet el vakillari tomonidan, jumladan akkreditatsiya qilingan diplomatlar tomonidan, noqonuniy yo‘llar bilan Rossiya Havo-kosmik kuchlari faoliyati haqida ma’lumot olishga urinishlar bo‘lmoqda.
“Mart oyining boshida, Buyuk Britaniya elchixonasi harbiy attashesi Koatalen-Xodjson, kerakli ruxsatnomaga ega bo‘lmagan holda, Alaniya hududidagi Mozdok tumaniga tashrif buyurgan. Ushbu regionga chet el fuqarolari tashrifi cheklangan. Tashrif davomida Britaniyalik diplomat “Mozdok” aerodromi ortidan, maxsus foto va videotexnika yordamida, yashirin kuzatuv olib borgan”, — deb abar berdi maxsus xizmat vakili.
“Ushbu oyining o‘rtalarida Moskva viloyati Chkalovskiy aerodromi yaqinida AQSh fuqarosi Filmer Pol Brayan qo‘lga olindi. Uning yonida parvozlar boshqaruv markazi chastotasiga moslashtirilgan radioskanner va aerodromdagi harbiy va fuqaro samolyotlari fotosuratlari topilgan“, deyilgan maxsus xizmat xodimi xabarida.