TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Sterlitamak shahrida shaxsiy uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘indan keyin 12 kishining jasadi topilgan. Respublika Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qurbon bo‘lganlar sobiq SSSR mamlakatlaridan Rossiyaga ishlash uchun kelgan fuqarolar bo‘lgan.
“Voqea sodir bo‘lgan joyga tergov-qidiruv guruhi yetib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, bir qavatli xususiy uy yonib ketgan. Uy Sterlitamaklik ikki kishiga tegishli bo‘lgan: 31 yoshli erkak va 53 yoshli ayolga. Yong‘in o‘chirilganidan keyin, o‘n ikki kishining jasadi topilgan”, — deyilgan xabarda.
Qurbonlar orasida ikki ayol va o‘nta erkak bor, ularning bari sobiq SSSR mamlakatlaridan ishlashga kelganlar, dedi Tergov qo‘mitasi vakili.
“Qurbonlar shaxsi aniqlanmoqda, voqea sodir bo‘lgan joyda tergov boshqarmasi vakillari va kriminal laboratoriya ishlamoqda”, — deyishdi boshqarmada.
Viloyat rahbari Rustem Xamitov ushbu voqea yuzasidan tezkor majlis o‘tkazdi va undan keyin ushbu voqea bilan yaqindan tanishish uchun muvfiqlashtirish shtabi tashkil qilinadi, deb xabar berishdi ma’muriyatda.