TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Moskvalik uch ayoldan 1 million rubldan ortiq pul o‘ndirgan o‘zbekistonlik “internet-kuyov” Moskvada sud qilinadi, deb xabar qildi prokuratura dushanba kuni.
Tergov ma’lumotiga ko‘ra, Umid Jabborov ismli O‘zbekiston fuqarosi 2014-yilda tanishuv saytlarining birida o‘ylab topilgan ism ostida ro‘yhatdan o‘tgan. “Internet-kuv” moddiy tomondan mustaqil ayollarni izlab topib, ular ishonchiga kirgan va ma’lum vaqt o‘tgach turli bahonalar ostida katta mablag‘ berishlarini so‘ragan.
Shu tariqa, 2014-yil oktabr oyidan boshlab 2015-yil yanvariga qadar Jabborov 30-38 yoshdagi uch nafar moskvalik ayollar bilan tanishishga muvaffaq bo‘lgan. U ayollarga o‘zini xalqaro biznesga ega BAAlik boyvachcha tadbirkor sifatida tanishtirgan.
Ayollarga yanada xush yoqish uchun, u qimmatbaho inomarkani ijaraga olgan va ularni restoran hamda kafelarga taklif qilgan. So‘ngra, ma’lum vaqt o‘tgach, Jabborov kutilmaganda yuzaga kelgan moddiy qiyinchiliklar haqida og‘iz ochib, unga yordam berishlarini so‘ragan.
Pullarni olgan Jabborov, tabiiyki g‘oyib bo‘ladi. Qallob 2015-yil noyabr oyida, o‘tkazilgan bir necha tezkor tadbirlardan so‘ng qo‘lga olindi.
"Ushbu jinoiy ish ko‘rib chiqish uchun Moskva shahri Ostankino tuman sudiga yo‘naltirildi. Ayblanuvchi hibsga olingan”, — deyiladi muassasa xabarida.
Ostankino tumanlararo prokuraturasi Jabborovga qarshi qaratilgan ayblov xulosani tasdiqladi. Jabborov aldash yo‘li orqali fuqaroga katta miqdorda moddiy ziyon yetkazganlikda ayblanmoqda.