Toshkentda uy-joy narxi arzonlashmoqda

Obuna bo‘lish
Toshkentda 2016-yil fevralida yil boshiga qaraganda kvartiralar narxi 4% ga arzonlashdi.

TOShKENT, 15 mar – Sputnik. Toshkentda, 2016-yilning fevralida, yil boshiga qaraganda uy joy narxi  4%ga arzonlashdi, «Gazete.uz» xabariga asosan.

CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi ma’lumotlarga qaraganda, Toshkentda, panelli uylarda kvartiralar o‘rtacha narxi kvadrat metriga 638 $dan 607 $ ga tushgan, . g‘ishtli uylarda esa 708 $ dan 678 $ ga tushgan. Bu yil boshidagi ko‘rsatkichlarga qaraganda 4 % ga kam.  

Toshkentda kvartiralar narxi, albatta, ularning joylashgan joyiga ham bog‘liq. Eng baland narxlar, kutilganidek,  markaziy tumanlarda. Quyidagi xaritaga asosan 1 zonada, ya’ni Toshkentning eng markazda o‘rtacha narx kvadrat metriga 843 $ dan 825 $ ga  tushgan, 2 zonada narxlar kvadrat mteriga 732 $  dan 700 $ ga  tushgan, 3 zonada kvartiralar narxi 624 $ ni tashkil qilgan, 4 zonada 557 $ 5 zonada esa 523 $ ni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkichlar yil boshiga qaraganda, o‘rtacha 3-4 % ga kam.

© gazeta.uzToshkentning turli hududlarida uy-joy narxi
Toshkentning turli hududlarida uy-joy narxi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentning turli hududlarida uy-joy narxi

 

Yangiliklar lentasi
0