Xonanda Shahnozabonu hayotdan ko‘z yumdi

Obuna bo‘lish
Estrada san’ati og‘ir judolikka uchradi. Bugun estrada xonandasi Yuldasheva Shahnozabonu Adiljanovna vafot etdi.

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Estrada san’ati og‘ir judolikka uchradi. Bugun estrada xonandasi Yuldasheva Shahnozabonu Adiljanovna vafot etdi, deb xabar qiladi "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi matbuot xizmati.

Ismi sir bo‘lib qolishini xohlagan manbadan olingan ma’lumotlarga qaraganda, xonanda vafotiga yaqinda o‘tkazilgan jarrohlik sabab bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, xonanda miyasida o‘simta bo‘lgan. Jarrohlik o‘tkazilgandan keyin, qo‘shiqchi sog‘lig‘i avvaliga ijobiy tomonga o‘zgara boshlagan. Ammo ob-havodagi keskin o‘zgarishlar tufayli, Shahnozabonuning sog‘lig‘i birdan yomonlashgan.

Xonandaning yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiramiz.

Yangiliklar lentasi
0