TOShKENT, 12 mar – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi “Toshkent” Respublika fond birjasi orqali umumiy boshlang‘ich qiymati 361,2 million AQSh dollari etib tayinlangan eng yirik korxonalar — “Navoiazot” AJ va “Qizilqumsement” AJ davlat ulushlarini sotuvga qo‘ydi, deb xabar beriladi qo‘mita rasmiy saytida.
Jumladan, “Navoiazot” AJning 49% aktivlari 200,9 million dollarga baholangan, “Qizilqumsement” AJning 35,9% aksiyalari esa— 160,3 million dollarga. Ko‘rsatilgan davlat ulushlari realizatsiyasi “Toshkent” RFBning blok-treyding seksiyasidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi, deyiladi xabar matnida.
Ochiq turda o‘tkaziladigan tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish 2016-yil 16-martdan boshlanadi. Tanlov savdolariga tushgan tanlov takliflari bildirilgan konvertlarning birinchi nusxalari esa – 15-aprelda ochiladi.