Navro‘z bayrami oldidan “Tozalash” tadbiri o‘tkazilmoqda

Obuna bo‘lish
Navro‘z bayrami oldidan barcha shaharlarda ogohlik va ehtiyotkorlik haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekiston IIV Navro‘z bayrami oldidan keng ko‘lamli “Tozalash” operatsiyasi olib bormoqda, bu haqda juma kuni Ichki Ishlar vaziri o‘rinbosari Tursunpo‘lat Toshpulatov xabar berdi.

“Tashkiliy ravishda keng ko‘lamli “Tozalash” operatsiyasi olib borilmoqda. Tadbir davomida aniqlangan xuquqbuzarliklar vaqtida bartaraf etilmoqda”, — dedi Toshpo‘latov.  

 

Uning so‘zlariga qaraganda, har bir aholi punktida, ayniqsa chegaraga yaqin bo‘lgan hududlarda, aholini ogohlikka va ehtiyotkorlikka chaqiruvchi, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.    

“Jamoat xavfsizligini saqlash, Favqulodda holatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi va yo‘l harakati xavfsizligini saqlash maxsus guruhlari bayram namoyishlari vaqtida butun respublika hududida ishlaydi”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Navro‘z bayrami munosobati bilan, 21-mart O‘zbekistonda dam olish kuni deb e’lon qilingan. Navro‘z bayrami kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida xalq sayllari, konsertlar va boshqa bayram tantanalari bo‘lib o‘tadi.

 

Yangiliklar lentasi
0