Migratsiya bo‘yicha savollarga Telegram orqali javob olish mumkin

Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Telegram messenjerini ishga tushirdi. Endilikda ushbu mashhur dastur orqali migratsiya bo‘yicha har qanday savollarga javob olish mumkin.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Migratsiya masalasi bo‘yicha har qanday savollarga javob olishni istovchilar endilikda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan ishga tushirilgan Telegram  messenjeri yangiliklar servisiga murojaat qilishlari mumkin.
Agentlik kanal @migrationuz va  @mirgationuzbot botini ishga tushirdi. Bular yordamida migratsiya borasida eng ko‘p so‘raladigan savollarga javob olish barobarida, migrantlar huquqi bo‘yicha yoritiladigan eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish mumkin.

Telegram messenjeri (@migrationuzbot) orqali agentlikning migratsiya, litsenziyalash va shaxsiy shartnomalar berish bo‘yicha bo‘limlariga taqdim etish uchun zarur bo‘lgan shakl va blankalarni yuklab olish mumkin, deb xabar qiladi agentlik.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining ushbu bot kanaliga obuna bo‘lish orqali foydalanuvchilar agentlik faoliyati bilan bog‘liq eng so‘nggi yangiliklar bilan doimiy ravishda xabardor bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0