Ozarbayjonda o‘z joniga qasd qilish holatlari ortib bormoqda

© Sputnik / Mixail Fomichev / Mediabankka o‘tishJabrlangan bemorga tez tibbiy yordam ko‘satilmoqda
Jabrlangan bemorga tez tibbiy yordam ko‘satilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjonda, hatto, bayram kunlariga qaramay, o‘z joniga qasd qilish holatlari ortib bormoqda. Eng yomoni, bevaqt o‘lim bolalar orasida ko‘p uchramoqda. Xalqaro xotin-qizlar kuni Neftchalidagi oilalardan biri chuqur qayg‘uga botdi: 11 yashar Xadicha o‘zini osib qo‘ygan edi.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Neftchali qishlog‘i 8-mart kuni motamga cho‘kdi. 11 yashar Xadicha Kazimova o‘z uyiga taqab qurilgan bino ichida o‘zini osib qo‘ydi, Sputnik Ozarbayjon xabari asosida.

Qizaloq nima sababdan bu mudhish ishga qo‘l urgani sabalari hali noma’lum. Tuman prokuraturasida hozirda ushbu masala yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ammo, Neftchali tumani politsiya bo‘limidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Kazimovlar oilasidagi hamma bolalarda aqliy zaiflik alomatlari kuzatiladi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qizaloqqa ota-onasi tomonidan hech qanday bosim o‘tkazilmagan. Shuningdek, Xadicha maktabga bormagan, hamisha uyda bo‘lganligi ham ma’lum.

Bundan tashqari, bayram kuni Shekinskiy tumanida bir erkak o‘zini osib qo‘ygan. Shekinskiy tumani politsiya bo‘limidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, 65 yashar Niyzarov Alasqar Asqar o‘g‘lining tanasi 8-mart kuni erta tongda og‘ildan topilgan. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Bu orada Ozarbayjonning Agdash tumanidagi o‘rmonda izsiz yo‘qolgan deb e’lon qilingan yosh yigitning murdasi topildi. Agdash tumani politsiya tumanidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 1976-yilda tug‘ilgan Aliyev Xalif Aliyor o‘g‘li o‘z uyidan 26-fevral kuni chiqib ketgan va qaytib kelmagan. 3-mart kuni yigitning yaqinlari politsiyaga murojaat qilishgan. Va faqat 8-mart kuni tezkor guruh vakillari qidiruvi o‘z natijasini berdi: Aliyevning tanasini osig‘liq holatda o‘rmonda aniqlandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Aliyev so‘nggi paytlarda o‘ta tushkun holatda bo‘lgan. Yigit  o‘limiga mana shu ruhiy tushkunlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan taxminlar bildirilmoqda.

Afsuski, bayram kunida o‘z joniga qasd qilish holatlari to‘liq ro‘yxati shu bilan yakun topgani yo‘q.

Bayramdan bir kun oldin, ya’ni 7-mart kuni Garachala qishlog‘ida yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan, emizikli chaqaloq onasi – Boboyeva Ruxangiz Malik ham o‘zini osib qo‘ydi.

Surishtiruv organi xodimlari tomonidan “Yosh kelinchakning o‘z joniga qasd qilishiga nima sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin?” degan savoliga yosh juvonning turmush o‘rtog‘i nima deb javob qaytarishni ham bilmaydi.

Mahalliy aholining so‘zlariga qaraganda, yosh juvon kelin bo‘lib tushgan uy o‘zidan yovuz energiya taratadi. Qisqa vaqt ichida oilaning uchinchi vakilining bevaqt o‘limiga yana qanday izoh berish mumkin?!

Oila boshlig‘ining onasi tok urishi natijasida olamdan o‘tganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q, so‘ngra og‘ir kasallik oqibatida ota hayotdan ko‘z yumdi. Mana endi esa, ko‘z ochib ko‘rgan jufti xaloli o‘zini osib qo‘ydi. Kazimovlar oilasida urush-janjal bo‘lganini qo‘shnilarning birortasi eslay olmaydi.

Mish-mishlar o‘z yo‘liga, ammo tergovchilar surishtiruvi natijasida yosh kelin oxirgi vaqtlarda oilaning moddiy ta’minotini o‘ylab ancha siqilganligini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, Ruxangizning turmush o‘rtog‘i katta miqdorda kredit olib qo‘ygan, pulni bankka qaytarish vaqti kelganida, oilada sariq chaqa ham yo‘qligi aniqlandi. Erining ishsizligi “urganning ustiga tepkan bo‘lgan” yosh juvon ancha siqilgan. Ruxangiz Kazimovaning depressiyaga tushishi ana shu sabablar tufayli kelib chiqqan degan taxminlar mavjud.

Bundan tashqari, 7-mart kuni Oguz tumanida 1981-yilda tug‘ilgan Bashirov Elchin G‘ani o‘g‘li ham o‘z joniga qasd qilishga harakat qilganligi ma’lum. Sirka essensiyasini ichib qo‘ygan yigit o‘ta og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazilgan. O‘z joniga qasd qilish sabablari hozirda tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Matnga xotima yasashdan oldin yana bir shum xabar haqida ma’lum qilmoqchimiz. Kuni kecha, 9-mart kuni erta tongda yana bir o‘z joniga qasd qilish holati sodir etilgan. Bakuning Sabail tumani politsiya bo‘limiga 40-45 yoshlar atrofidagi erkak o‘zini yoqib yuborgani to‘g‘risida xabar berildi. Shaxsi aniqlanmagan erkak “Icheri Shexer” metro stansiyasi yaqinida o‘ziga o‘t qo‘ygan. Olingan jarohatlardan u voqea joyining o‘zida halok bo‘lgan. Politsiya xodimlari hozirda erkak shaxsini aniqlash bilan shug‘ullanishmoqda.

Shuni aytish lozimki, yuqorida keltirilgan o‘z joniga qasd qilish holatlari mamlakatdagi ahvolni to‘laligicha aks ettirolgani yo‘q. Bakuning o‘zida har kuni 2-3 kishi o‘z joniga qasd qiladi. Hayotdan ko‘z yumish uchun turlicha usullar qo‘llaniladi – dori ichishdan tortib, o‘z-o‘ziga o‘t qo‘yishgacha. Ushbu holatlarning hammasi ham ayanchli yakun topmasligi kishini oz bo‘lsa-da quvontiradi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0