TOShKENT, 10 mar — Sputnik. "O‘zbektelekom" AJ juma kuni ertalabga qadar internet faoliyatida ma’lum uzilishlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirib, vujudga kelgan noqulayliklar uchun o‘z mijozlaridan uzr so‘raydi, deb xabar qiladi “Ekonomicheskoe obozrenie” nashri.
Internet foydalanuvchilari taxminiga ko‘ra, deb yozadi nashr, Qozog‘iston hududidan o‘tgan magistral kabelning shikastlanishi, aloqa uzilishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Seshanba kuni ro‘y bergan hodisa borasida “Qozoqtelekom” hozircha hech qanday izoh bermayapti.
Qozog‘iston kompaniyasi xabarida payshanba kuni bir qator tarmoqlarda ta’mirlash ishlari olib borilishi ma’lum qilingan.