Davlat xizmatchilari uchun axloq etikasi qoidalari tasdiqlandi

Obuna bo‘lish
Davlat xizmatchilari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish vaqtida xususiy manfaatga yo‘l qo‘ymaslik hujjatda asosiy o‘rin egallagan. Ushbu qoidalarga bo‘y so‘nmaslik yuqori lavozimni egallashga to‘siq bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi davlat xizmatchilari uchun axloq etikasi qoidalarini tasdiqladi. Ushbu chora xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun qabul qilingan.

Hujjatda davlat xizmatchilari faoliyatining asosiy tamoyillari belgilangan: qonuniylik, fuqarolarning huquq, erkinlik va qonuniy talablari ustuvorligi, vatanparvarlik, xizmat vazifasiga sodiqlik, odillik, halollik va betaraflikdir.

Davlat xizmatchilari majburiyatlari qatoriga O‘zbekiston urf-odatlariga hurmat bilan qarashi, Respublika hududida yashayotgan barcha millatlar, ijtimoiy guruhlar a’zolari xususiyatlari va talablarini hisobga olish ham kiritilgan.

Ishga kirish vaqtida xizmatchi ushbu qoidalar bilan tanishib ularni bajarish majburiyatini oladi va ushbu qoidalarni buzish uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan. Har bir muassasada besh kishidan iborat komissiya tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan.

Davlat xizmatchilar xususiy manfaat va xizmat manfaatlari qarama-qarshiligiga duch kelsa bu haqda o‘z boshlig‘iga xabar berishi shart.

O‘zbekiston Adliya va Mehnat vazirliklari 2016-yil davomida ushbu qoidalar qabul qilinishini kuzatib borishi kerak.

 

Yangiliklar lentasi
0