TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Rossiya ichimlik sut bozori a’zolari Qishloq xo‘jaligi vazirligining yangi buyrug‘iga binoan, sotuvga chiqarilayotgan har bir partiya sut mahsulotlarini veterinar hujjatlar bilan ta’minlashi kerak. Ishlab chiqaruvchilar ushbu buyruqni bajarishga tayor emasligi, butun mamlakat bo‘ylab sut yetkizib berishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin, RIA Novosti “Kommersant” gazayetsi xabariga asosan.
Rossiyada eng yirik ichimlik suti ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bu Danone va PepsiCo bo‘lib, ular ichimlik suti bozorining 48 % ni egallagan. Danone kompaniyasi “Prostokvashino” brendi ostida 26%, PepsiCo bo‘lsa “Domik v derevne” va “Veseliy molochnik” brendlari ostida 22% mahsulot ishlab chiqaradi.
Ushbu kompaniyalar, bosh vazir o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich, prezident administratsiyasi boshlg‘i Sergey Ivanovga va Iqtisodiyot vazirligi oleg Fomichevga murojaat qilib Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2016-yil 17-fevralda e’lon qilingan 648-sonli bo‘yrug‘ini bekor qilishni so‘rashdi. Ushbu buyruq ichimlik suti ishlab chiqaruvchi korxonalarni 2016-yilning martidan boshlab, sotuvga chiqarilayotgan har bir partiya ichimlik suti mahsulotiga veterinar hujjatlar bilan ta’minlashni talab qiladi.
Kompaniya vakillari aytishiga ko‘ra. Ushbu buyruq sut ishlab chiqarishni va uni savdo nuqtalariga yetkizib butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkin, chunki bozorning hech bir a’zosi ushbu hujjat talablarini bajarisha tayor emas.
Undan tashqari veterinar sertifikatga ega bo‘lgan sut mahsuloti ishlab chiqarish kompaniyalarga qo‘shimcha minglab ishchilar yollashga, ishlab chiqarish jarayonini o‘zgartirishga va oxir oqibatda – xaridorlar uchun sut narxining 10% oshishiga olib kelishi mumkin.