Toshkentda Ikat restorani yonmoqda

© Facebook, "Voditeli Tashkenta"Toshkentda Ikat restorani yonmoqda
Toshkentda Ikat restorani yonmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Facebook tarmog‘i foydalanuvchilari xabariga ko‘ra, ayni paytda Toshkentning Sebzor mahallasidagi, Ikat - oilaviy turdagi restorani yonmoqda.

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Toshkentning Sebzor mahallasida joylashgan Ikat oilaviy restoranida kuchli yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Facebook tarmog‘idagi,  "Voditeli Tashkenta" guruhi a’zolari xabar bermoqda.

Voqea joyiga yaqin bo‘lgan, ijtimoiy guruh a’zolari chop etgan rasmlarda, Sebzor ko‘chasida joylashgan binoning katta qismi olov ichida qolgan, o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda, avtomobil yo‘li berkitib qo‘yilgan.  

Hozirgi vaqtda qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda. Guruh a’zolarining xabariga ko‘ra, yong‘indan oldin restoranda juda ko‘p mijozlar bo‘lgan.

 

Yangiliklar lentasi
0